Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi oyoq kiyimlar onlayn-konstruktorida Jorj Lukasning “Yulduzli janglar” filmlari mavzusiga oid krossovka yaratish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda Mashable xabar beradi.
Xaridor ushbu film bilan bog‘liq krossovka modelini tanlashi, shuningdek mustaqil ravishda unga bezaklar qo‘shishi mumkin. Bunday oyoq kiyimining narxi 110 dollardan 120 dollargacha turadi. Kompaniya iyul oyining o‘rtalarida“Yulduzli janglar”dan ilhomlanib yaratilgan krossovkalarining yangi to‘plamini taqdim qildi.
Izoh (0)