2015-yil 31-iyul kuni TTZ va “Toshkent” vokzali bekatlari oralig‘ida o‘zining so‘nggi qatnovini amalga oshiradigan 13-sonli tramvayda yo‘nalish qisqartirilishi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
O‘zbek va rus tillaridagi e’lonlarda 13-sonli tramvay yo‘nalishidagi bir yo‘lovchiga sarflanadigan xarajatlar tarifga nisbatan bir necha bor qimmatligini e’tiborga olib, 2015-yil 1-avgustdan boshlab 13-sonli “Qo‘yliq markazi — TTZ bekati” trasmvay yo‘nalishining “TTZ bekati — Toshkent vokzali” qismidagi harakati qisqartirilishi yozilgan.
“TTZ bekati — Toshkent vokzali” oralig‘idagi yo‘lovchilarning jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, 17, 63, 83, 96, 110, 119, 129-sonli avtobus va 28m, 75m, 80m, 137m, 168m-sonli yo‘nalishli taksi qatnovlariga qo‘shimcha transport vositalari qo‘shilishi, bundan tashqari, 14-sonli “TTZ bekati — Toshkent vokzali” yo‘nalishi bo‘yicha jadval asosida 12 ta Mercedes-Benz rusumli avtobuslarning harakati yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan.
“Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida TTZ bekatidan Toshkent tibbiyot akademiyasigacha bo‘lgan joyda tramvay liniyasini olish ishlari boshlangan, tibbiyot akademiyasi yonida aylanma bekat qurilishi kutilmoqda.
Izoh (0)