Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Donbassda ayirmachilar tarafidan jangga kirgan barcha chechenistonlik ko‘ngillilar qaytib kelganini ma’lum qildi, deb xabar bermqoda “RIA Novosti”.
“U yerda ko‘ngillilar bor edi, hozir yo‘q. Sulh tuzilgach, barcha ko‘ngillilarimizni uyga taklif qildik, uyda o‘tiringlar, dedik. Hozir u yerda hech kim bo‘lmasligi kerak. U yerdagi bezorilarimizni uyga olib keldik”, — dedi Qodirov.
Uning fikricha, Ukraina sharqidagi mojaroda Rossiya haqiqatan ham qatnashganda, bu allaqachon bilingan bo‘lar edi. “Odam porox hidini sezmasa, urush nimaligini bilmaydi. U yerda parlamentda, kabinetlarda o‘tirgan siyosatchilar urush hali uzoqligida u haqida gapirishlari oson. Urush nimaligini tushunishganda tezda qaror chiqarishadi. Ular aytayotganidek Rossiya qatnashayotgan bo‘lganida, buni darhol his qilishardi”, — dedi Checheniston rahbari.
Izoh (0)