O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha majmua o‘rniga, ikkita yangi majmua paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” hukumatdagi manbalariga tayanib.
Bular Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari hamda Sog‘liqni saqlash, ekologiya va insonlar hayoti sifati masalalari bo‘yicha majmualardir.
Yangi majmualar tuzish haqidagi qaror Prezident tomonidan 23-iyul kuniyoq imzolangan edi. Shu haftada esa Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha majmua rahbari hamda tegishli ravishda bosh vazir o‘rinbosari etib Bahodir Hodiyev tayinlangani ma’lum bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash, ekologiya va insonlar hayoti sifati masalalari bo‘yicha majmuani esa bosh vazir o‘rinbosari hamda tugatilgan majmua rahbari bo‘lgan Adham Ikromov boshqaradi.
Izoh (0)