Portugaliyaning Montemor-o-Velo shahrida o‘smir-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston sportchilari kanoe bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Artur Guliyev 200 metr masofaga bir kishilik qayiqda kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ikki kishilik qayiqda 200 metr masofaga o‘tkazilgan poygada Nilufar Zokirova va Dilnoza Raxmatova marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib bosib o‘tdi.
Dilnoza Raxmatova, shuningdek, 500 metr masofaga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada bronza medali sohibasi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik sportchilar 29-iyul kuni soat 6:30 da Portugaliyadan qaytib keladi.
Izoh (0)