Yaman aholisining 6,5 millionga yaqini ochlikdan o‘lish yoqasida turibdi, deb xabar beradi “Newskaz.ru”.
Mamlakatda ochin-to‘kin yashayotgan aholining 650 ming nafarini bolalar, homilador va emizikli ayollar tashkil etadi. Yaman fuqarolari zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan 20 foizga ta’minlangan. Nizolar boshlangandan buyon, davlatga import to‘liq hajmda amalga oshirilmagan paytlarda, har kuni 25 mingga yaqin kishi och qolmoqda.
BMTning ma’lumotlariga qaraganda, 13 millionga yaqin kishi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligini boshdan kechirmoqda, 9,5 million aholining esa toza suvga bo‘lgan imkoniyati cheklangan.
Izoh (0)