“Kommersant” gazetasi BMT Xavfsizlik Kengashining Ukraina janubi-sharqidagi Boeing halokati bo‘yicha rezolyutsiya loyihasining to‘liq matnini chop etdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
U beshta mamlakat Malayziya, Niderlandiya, Avstraliya, Belgiya va Ukraina nomidan chiqarilib, samolyot halokati bo‘yicha xalqaro tribunalni tashkil etishga chaqiradi.
“Xalqaro tribunalning tashkil etilishi va ushbu hodisaga daxldor shaxslarning jinoiy ta’qib etilishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishi, hamda fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligining ta’minlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi”, — deyiladi hujjatda.
29-iyul kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Boeing halokati yuzasidan xalqaro tribunalni tashkil etish haqidagi rezolyutsiya loyihasini ovozga qo‘yadi.
Izoh (0)