Qozog‘iston transportdagi ichki ishlar departamenti xodimlari o‘zbekistonlik ayoldan o‘g‘irlab olingan chaqaloqni sotishga uringan Janubiy Qozog‘iston viloyatida yashovchi 36 yoshli erkakni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Kazakhstan Today.
Qayd etilishicha, u 2015-yil yanvar oyida Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ayoldan tahdid yo‘li bilan, keyinchalik sotish maqsadida yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘g‘irlagan.
Departamentning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar tufayli jinoyat o‘z vaqtida aniqlangan va oldi olingan. Bola qayerdaligi aniqlangan. Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan “Odam o‘g‘irlash” moddasi bo‘yicha suddan oldingi tekshiruvi boshlangan.
Izoh (0)