AQShning Florida shtati Palm-Bich okrugidagi Vellington shahrida 2-iyun kuni gazon o‘rish chog‘ida to‘qqizta o‘rdak bolasini o‘ldirgan 24 yoshli bog‘bon Jeyson Skott Felbo bir yilga qamaldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Hodisa haqida politsiyaga va jonivorlar nazorati xizmatiga shu yerda yashovchi Boyd Yentchning oilasi ma’lum qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, oila o‘rdak va uning 11 ta polaponiga ozuqa berib turgan vaqtda gazon o‘ruvchi parrandalarga hujum qilgan. Yentch uni to‘xtatishga uringan, biroq Felbo gazon o‘rish mashinasini orqaga yuritib, yana ko‘proq o‘rdakchalarni bosishga kirishgan. Ona o‘rdak va to‘rtta polapon qochishga ulgurgan, ulardan ikkitasi olingan jarohatlar tufayli halok bo‘lgan.
“Ular mening oldimdan chiqdi, men esa ishimni davom ettiraverdim”, — degan Felbo politsiya xodimlariga. Tergov vaqtida bu uning gazon o‘ruvchi sifatidagi birinchi ish kuni ekanligi aniqlangan. Sud bir yillik qamoqdan tashqari unga ikki yillik sinov muddatini ham belgilagan.
Izoh (0)