Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

FIFA Urugvay futbol federatsiyasining milliy terma jamoa hujumchisi Luis Suaresning diskvalifikatsiyasini qisqartirish bo‘yicha iltimosnomasini qoniqtirmadi, deb xabar qiladi “Championat.com”.

Foto: skysports.com

Foto: skysports.com

Urugvay futbol federatsiyasi FIFAga murojaatida “Barselona” futbolchisiga klub miqyosidagi o‘yinlarda e’tirozlar bo‘lmaganini e’tiborga olishni so‘ragandi. Shunday bo‘lsa ham dastlabki qaror o‘z kuchida qoldirildi.

Suares 2014-yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi Italiya bilan o‘yinda raqib himoyachisi Jorjo Kyellinini tishlab olgani uchun 9 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingandi. Keyinroq Sport arbitraj sudi (CAS) unga mashg‘ulot o‘tkazishga va o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishga ruxsat berdi.

“Barselona” futbolchisi milliy terma jamoaning yana 4 ta uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi