Afg‘oniston shimolidagi to‘yda kelib chiqqan janjal tufayli 20 ga yaqin mehmon halok bo‘lib, yana 10 nafari jarohat oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Voqea Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyatida, poytaxt Qobuldan 160 kilometr uzoqlikdagi Dehsalah aholi punktida sodir bo‘lgan.
Mahalliy politsiya rahbari Guliston Xonning so‘zlariga ko‘ra, yarim tunda to‘y marosimida otishma boshlanib ketgan. Qurbonlarning hammasi oddiy fuqarolar, erkaklar bo‘lgan.
Izoh (0)