Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalasidagi referendumni 2016-yilning iyun oyidayoq o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Hukumat rahbari Buyuk Britaniya oxir-oqibat Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi uchun mavjud ichki va tashqi vaziyatdan boricha foydalanish niyatida. O‘z navbatida, u Londonning Bryusselga nisbatan talablari bajarilishini ham istamoqda.
The Independent nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bosh vazir Kemeron referendum sanasini Konservatorlar partiyasining 2015-yil oktabr oyida Manchesterda bo‘ladigan konferensiyasi vaqtida e’lon qilishi mumkin.
Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama xalqaro maydondagi nufuzni saqlab qolish yo‘lida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishiga umid qilayotganini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)