Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos mamlakat qurolli kuchlariga noqonuniy Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (FARC) isyonchi guruhiga tegishli bazalarni bombardimon qilishni to‘xtatish haqida buyruq berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
“FARC’ning o‘t ochishni bir tomonlama to‘xtatish haqidagi bayonotidan so‘ng, men bugungi kundan boshlab, FARC kuchlari to‘plangan harbiy bazalarni bombardimon qilishni to‘xtatish haqida buyruq berdim”, — dedi prezident Santos.
Uning qayd etishicha, shu ondan boshlab, FARC bazalari faqatgina prezidentning buyrug‘iga asosan bombardimon qilinishi mumkin.
Xuan Manuel Santosning so‘zlariga ko‘ra, mazkur chora “FARC kuchlari shahar inshootlaridan uzoqda bo‘lsa va tinch aholi vakillari hayotiga xavf solmasagina” samarali bo‘ladi.
Avvalroq, agar FARC o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etadigan bo‘lsa, Kolumbiya hukumati isyonchi guruhga qarshi qurolli qarshilik ko‘rsatishni bas qilishga rozi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)