Rossiya Amaliy geofizika instituti mutaxassislari 24-iyul kuni Quyoshda C tasnifiga oid ikki kuchli chaqnashni qayd etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, 26-iyul kuni Quyoshning chaqnash faolligi sust bo‘ladi, geomagnit maydonda esa vaqti-vaqti bilan beqarorlik kuzatiladi, radiatsion vaziyat sokin bo‘lishi kutilmoqda.
Quyosh chaqnashlari rentgen nurlarining quvvatiga qarab besh tasnif — A, B, C, M va X ga bo‘linadi. Eng kichik — A0.0 tasnifi Yer orbitasining har bir kvadrat metri 10 nanovatt nurlanishiga teng. Keyingi harfga o‘tganda nurlanish quvvati 10 barobar o‘sib boraveradi.
Izoh (0)