Bahrayn hukumati eronlik amaldorlarning bir qator g‘arazli bayonotlaridan so‘ng, Tehrondagi o‘z elchisini chaqirib olgani haqida e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, elchini chaqirib olish haqidagi qaror eronlik amaldorlarning Bahraynga nisbatan do‘stona bo‘lmagan munosabati va uning ichki ishlariga aralashuvini namoyon etuvchi bayonotlaridan so‘ng qabul qilingan.
Bahrayn har ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar barqarorlashishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)