Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Fujisaki Electric kompaniyasi Yaponiyada asosiy yoqilg‘i sifatida bambuk ishlatiladigan dunyoda birinchi elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. Germaniyaning Lambion Energy Solutions kompaniyasi loyiha ustidagi ishlarda ko‘mak beradi. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: t-l.ru

Foto: t-l.ru

Qurilish kelgusi yil yanvarida boshlanadi va 2016-yilning o‘zidayoq elektr stansiyasi ishga tushishi kutilmoqda. Fujisaki Electric vakillari loyiha xarajatlari 2,4 milliard iyena yoki salkam 20 million dollarni tashkil etishini va elektr stansiya yiliga 15,8 GVt elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkinligini ma’lum qilishdi. Bu energiya yil davomida 4860 ta oilani ta’minlashga yetadi.

Elektr stansiyasida xomashyo sifatida mahalliy bambuk ishlatiladi. Ma’lumot o‘rnida: Ginness Rekordlar kitobiga ko‘ra, bambuk – dunyoda eng tez o‘suvchi o‘simlik, uning ayrim turlari kuniga 91 santimetrgacha bo‘y cho‘zishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi