Xalqaro atom energetikasi agentligi qoshidagi Eronning doimiy vakili Reza Najafiy tashkilot bosh direktori Yukiya Amano nomiga norozilik xatini yubordi, deb xabar beradi “TASS”.
Norozilik xati Amerika rasmiy vakillarining Xalqaro atom energetikasi agentligidan Eron yadro dasturi yuzasidan ma’lumotlarning chiqib ketishi mumkinligi haqida bildirgan fikrlari bilan bog‘liq.
Hujjatda 17-iyul kuni Oq uyning matbuot kotibi Joshua Ernest tomonidan “AQSh yoki Isroil harbiy vakillari Xalqaro atom energetikasi agentligidan Eron haqida ma’lumot olish imkoniyatini kengaytirishi” ta’kidlanganligi haqida so‘z boradi. Unda, shuningdek, agentlikning Eron yadro dasturi yuzasidan nazorat choralarini amalga oshirish mobaynida unga ma’lum bo‘lgan savdo, texnika, ishlab chiqarish sohasidagi, hamda boshqa maxfiy ma’lumotlarning oshkor etilmasligi yuzasidan zarur bo‘lgan barcha ehtiyot choralarini ko‘rishi lozimligi ta’kidlangan.
Izoh (0)