Avstraliyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti (The Institute for Economics and Peace) Dunyo tinchliksevarlik ko‘rsatkichini e’lon qildi. Unga 162 mamlakat kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston 113-pog‘onadan o‘rin oldi.
Reytingda dastlabki o‘rinlarni Islandiya, Daniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Shveysariya, Finlandiya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Chexiya egallagan. Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Somali, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston, Shimoliy Koreya, Rossiya va Nigeriya esa eng xavfli mamlakatlar deb topilgan.
Shuningdek, tinchlikparvarlik reytingida Litva 37-o‘rinni, Estoniya 38-o‘rinni, Latviya 40-o‘rinni, Moldova 70-o‘rinni, Gruziya 79-o‘rinni, Qozog‘iston 87-o‘rinni, Armaniston 91-o‘rinni, AQSh 94-o‘rinni, Turkmaniston 106-o‘rinni, Tojikiston 108-o‘rinni, Belarus 110-o‘rinni, Qirg‘iziston 121-o‘rinni, Ozarbayjon 132-o‘rinni, Turkiya 135-o‘rinni, Hindiston 143-o‘rinni, Ukraina 150-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)