Misrda sayohat qayig‘ining yuk kemasi bilan to‘qnashib ketishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Eslatib o‘tamiz, Nil daryosida 22-iyul, chorshanba kuni 70 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan sayohat qayig‘ining yuk kemasi bilan to‘qnashib ketishi natijasida 15 kishi cho‘kib ketgan edi. Hodisa Misr poytaxti Qohira yaqinida yuz bergan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi Misr fuqarolari bo‘lgan.
Izoh (0)