Myanma sudi mamlakat shimolida o‘rmonzorlardagi daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan 153 nafar Xitoy fuqarosini bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etdi, deya xabar bermoqda Reuters. Yana ikki nafar voyaga yetmagan xitoylik o‘n yilga qamaldi.
Sudlanganlar hukmdan norozi bo‘lib shikoyat berish huquqiga ega. Xitoyning Myanmadagi elchixonasi sud hukmiga qarshi chiqib, uni o‘ta shafqatsiz deb atadi. Diplomatlar so‘zlariga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy tarzda kesishga ishchilarni kontrabandachilar jalb etgan.
Xitoyliklar shu yilning yanvarida hibsga olingan. Reyd chog‘ida 1,6 mingta daraxt kesilgani aniqlangan.
Izoh (0)