Belarusda 11-oktabrga mo‘ljallangan prezidentlik saylovlariga nomzodlar uchun imzo yig‘ish jarayoni boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tashabbuskor guruhlar kamida 100 ming imzo yig‘ishi lozim. Hozircha saylovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan 8 nomzod ro‘yxatga olindi. Ular orasida mamlakatning hozirgi rahbari Aleksandr Lukashenko ham bor.
Izoh (0)