Istanbulning markaziy qismidagi restoranlardan birida noma’lum shaxsning o‘t ochishi natijasida restoran ishchisi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Hodisa 21-iyul, seshanba tongida Shishli tumanida joylashgan restoranda yuz berdi. Noma’lum kishining o‘q otishidan to‘rt kishi yaralanib, ular kasalxonaga yetkazildi. Ko‘ksidan o‘q yegan restoran ishchisi kasalxonada halok bo‘ldi.
Politsiya dalillarni to‘plash maqsadida restoran atrofini o‘rab oldi. Voqea joyidan yashiringan gumonlanuvchi qidirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyul kuni Istanbul shahrida yuz bergan otishma natijasida besh kishi, shu jumladan, bir nafar sayyoh yaralangan edi.
Izoh (0)