Rossiya Mudofaa vazirligi RF prezidenti huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Sergey Krivenkoning murojaatiga rasman javob qaytardi. Unga ko‘ra rossiyalik Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeyevlar harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng Ukraina hududida qo‘lga olingan. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilar hisobini yuritish boshqarmasi rahbari Sergey Botsvin imzolagan hujjatda Aleksandrov va Yerofeyev armiyada avvalroq shartnoma bo‘yicha xizmat o‘taganligi, biroq ular Ukrainada qo‘lga olingan paytda Rossiya qurolli kuchlariga aloqasi bo‘lmaganligi qayd etilgan.
Mudofaa vazirligining javobi Donbassda qo‘lga olingan rossiyaliklarning huquqiy holati bo‘yicha birinchi rasmiy hujjat hisoblanadi.
Izoh (0)