Niderlandiyalik ayol Dominik Lesbirel o‘z turmush o‘rtog‘i deb hisoblagan mushugi vafot etgach endi Trevis laqabli itiga turmushga chiqmoqchi, deb xabar berdi The Daily Mirror.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u buyrak yetishmovchiligdan halok bo‘lgan mushugi bilan “16 yil baxtli hayot kechirgan”. Itini esa u Gretsiyada yashagan vaqtida, plyajda topi olgan.
Lesbirel o‘zi 2003-yilda asos solgan MarryYourPet saytida uy hayvonlari uchun to‘y marosimlarini tashkillashtirib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xizmat hammaga ham taqdim etilavermaydi va keyin ajrashishga ruxsat berilmaydi.
Izoh (0)