Wikileaks sayti tomonidan tarqatilgan yangi hujjatlarda AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Vashingtonning razvedka faoliyatiga sabab bo‘lgan 2001-yil 11-sentabr voqealaridan ancha oldin Germaniya tashqi ishlar vazirlarini kuzatib yurgani ma’lum qilingan, deb yozadi “Vedomosti”.
Materiallarda MXA 1998-yildan 2009-yilgacha Germaniya TIV vakillarini kuzatgani haqida so‘z boradi. Dastlab sobiq kansler Gerxard Shryoder hukumatidagi tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher, 2005-yildan boshlab esa hozirgi tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayerning suhbatlari tinglangan.
Jumladan, Shtaynmayer AQShning sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays bilan Markaziy razvedka boshqarmasi mahbuslarni Sharqiy Yevropadagi maxfiy qamoqxonalarga Germaniya aeroportlari orqali olib o‘tishi haqida suhbatlashgani qayd etilgan.
Milliy xavfsizlik agentligi vazirlardan tashqari TIVning yana 20 nafar quyiroq lavozimlardagi xodimlarini ham kuzatgan.
Izoh (0)