Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Knesset (Isroil parlamenti)da qilgan chiqishida Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuv urushning oldini olish o‘rniga uni yaqinlashtirishini ta’kidladi, deb xabar beradi “TASS”.
Netanyaxuning fikricha, Eron yadro qurolidan qutulish evaziga yuzlab milliard dollar olib, bu pullarni o‘zining terrorchilik harakatini moliyalashtirishga, mintaqadagi va jahondagi tajovuzini oshirishga sarflaydi. Bundan tashqari, Isroil bosh vaziri Yaqin Sharqda yadro quroli bo‘yicha poyga boshlanib ketadi, deb hisoblamoqda.
“Yaqin Sharqdagilar, xuddi Isroil kabi ushbu kelishuvga o‘zlari uchun, mintaqa uchun, dunyo uchun xavfli, deb qaramoqda”, — deb qo‘shimcha qildi hukumat rahbari.
Izoh (0)