Vashingtonda Kuba Respublikasi elchixonasi ishlay boshladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
20-iyul, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 da (Toshkent vaqti bilan 19:30 da) AQShdagi Kuba manfaatlari seksiyasi binosi qarshisida madhiya ostida mamlakat bayrog‘i ko‘tarildi.
Marosimda aktivistlarning ma’qullovchi xitoblari yangradi. Biroq tadbir kutilmagan hodisalarsiz bo‘lmadi: bir kishi o‘z ustidan qizil bo‘yoq quyib, asfaltga o‘tirib oldi, u zudlik bilan hibsga olindi.
Nashr eslatishicha, AQSh Kuba bilan diplomatik aloqalarini 1961-yilda uzgan, shundan so‘ng har ikkala poytaxtda manfaatlar seksiyalarigina ishlagan edi.
Izoh (0)