Ostona shahar Olma-ota tumani ichki ishlar boshqarmasida ostonalik ayolning internet orqali firibgarlarga 155 ming dollarga yaqin pullarni o‘tkazgani haqidagi arizasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol xorijiy banklarning biridan minimal ikki foizli 4 000 000 yevro miqdoridagi kredit olish maqsadida soxta soliq to‘lovlari uchun 154 623 dollar pullarni o‘zlarini mazkur bank xodimi sifatida tanishtirgan kishilar hisobiga o‘tkazgan.
Ostona shahar ichki ishlar bo‘linmasi fuqarolarga faqat ishonchli internet-yetkazib beruvchilar xizmatidan foydalanishni tavsiya qildi.
Izoh (0)