Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova Chexiyaning Olomouts shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti. Olomouts turnirining mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.

Oqgul Omonmurodova. Foto: olamsport.com

Oqgul Omonmurodova. Foto: olamsport.com

Musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan o‘zbek tennischisi ikkinchi davrada musobaqaga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan chexiyalik tennischi Jesika Malechkovadan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi. Oqgul bugun, 17-iyul kuni o‘tkaziladigan chorak final bahsida yana bir chex tennischisi, turnirning uchinchi raketkasi Petra Setkovskaga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Omonmurodova birinchi davrada slovakiyalik Lenka Viyenerovani mag‘lub etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada ayol o‘zini IIB binosi oldida yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Dunyo
Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)