Britaniyaning Bredford shahrida yashovchi ikki yoshli Alisha Mey va uning o‘n oylik ukasi Konrad 70 kilogramm vazndagi bo‘g‘ma ilon bilan do‘stlashib olgan. Ularning 35 yoshli otasi ko‘p yillardan buyon uyida xavfli hayvonlarni saqlaydi va buni farzandlari uchun mutlaqo xavfsiz deb hisoblaydi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Rob Kauenning so‘zlariga qaraganda, uning qizi bahaybat, sariq tusdagi Ostin laqabli bo‘g‘ma ilon bilan o‘ynayotganda o‘zini yaxshi his qiladi. Qizaloqning ilondan o‘pich olayotganligi aks etgan suratlar internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.Kauen bolaligidan ilonlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullangan bo‘lib, hozirda uning oilasida ularning bir qancha turlari mavjud.Uning so‘zlariga qaraganda, ilonlar ular oilasining to‘la huquqli a’zosidir.
Izoh (0)