2015-yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Emilbek Uzakbayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston—Qirg‘iziston munosabatlarining amaliy masalalari yuzasidan fikr almashdi hamda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi o‘zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Izoh (0)