Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina—Rossiya chegarasi oldida Rossiya tomonidan rekord darajadagi harbiy xizmatchilar joylashtirilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Bizda Ukraina chegariasi oldida Rossiyaning rekord darajadagi qo‘shinlari joylshtirilgani to‘g‘risida ma’lumot bor. Bu nafaqat o‘zimizning razvedka ma’lumotlarimizga asoslangan, balki NATO, AQSh va Yevropa Ittifoqi axborotlari bo‘yicha ham ham tasdiqlangan”, — dedi Poroshenko.Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari jangovar tayyorgarligini sezilarli darajada oshirgan, mashg‘ulotlardan o‘tgan, jangovar ruhi oshgan. Shuningdek, Poroshenko aksilterror operatsiyasi hududida Ukraina qurolli kuchlarining 64 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi borligini, bundan tashqari, milliy gvardiya, Ukraina xavfsizlik xizmati va chegarachilar borligini, anchagina texnika mavjudligini e’tirof etgan.
Izoh (0)