Boston marafonidagi terakt uchun o‘limga mahkum etilgan Johar Sarnayev yangi jinoyat ishi bo‘yicha sud qilinishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
AQShning Massachusets shtati Middlseks okrugi prokuraturasi Sarnayev va uning akasini politsiyachi Shon Kolyeni o‘ldirishda, shuningdek, teraktdan keyingi boshqa jinoyatlarda, xususan, avtomobil olib qochish va o‘g‘irlikda ayblamoqda.
“Middlseksga kelgan odam xizmatdagi politsiyachini o‘ldirsa va boshqa zobitlarga hujum qilsa, o‘ylashimcha, uni yana shu yerga qaytib, sud oldida javob berishi qonun jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi”, — dedi okrug prokurori Merian Rayan.
Izoh (0)