10-iyul, juma kuni Solomon orollari hududida 7,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” AQSh geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib.
Zilzilashunoslarning ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Tinch okeanining janubi-g‘arbidagi orol-davlat poytaxti – Xoniara shahridan 170 kilometr g‘arbda bo‘ldi. Yerosti silkinishlari o‘chog‘i 33 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabarlar kelib tushmadi. Sunami yuzaga kelishi xavfi e’lon qilinmadi.
Izoh (0)