2015-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida BMTning Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili Stefan Prisner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuv davomida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning 2015-yil 11—12-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi hamda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning boshqa masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)