Fojia Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Kurchatov shahrida, 1-iyul kuni yuz berdi. Derazaga o‘rnatilgan to‘rga suyangan 4 yoshli bola beshinchi qavatdan yiqilib tushdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi.
Bola o‘ta og‘ir ahvolda mahalliy Kurchatov kasalxonasiga yetkazilib, u yerda shifokorlar shokka qarshi terapiya o‘tkazdi. Shu kunning o‘zidayoq Semey shahri sanitariya aviatsiyasi shifokorlari Kurchatov kasalxonasiga yetib kelib, bolani operatsiya qildi.
Shifokorlar unda bosh miyaning yopiq shikastlanishi, o‘ng son suyagining yopiq sinishi va buyragining lat yeyishini qayd etdi. Uch kundan so‘ng bolaning ahvoli yaxshilandi va davolanishni davom ettirishi uchun Semey shahriga yetkazildi.
Uning beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qolishini shifokorlar mo‘jiza deb hisoblamoqda. Bolaning daraxt ustiga tushganligi uni o‘limdan qutqarib qoldi.
Izoh (0)