AQShning Chikago shahri aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida Southwest Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotining dvigateli yonib ketdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Avariya layner Bostonga uchib ketish uchun yurishni boshlagan vaqtda sodir bo‘lgan. Uchuvchilar samolyotni to‘xtatgan, barcha yo‘lovchilar shishiriladigan traplar yordamida evakuatsiya qilingan.
Samolyot bortida jami 143 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi taxminan uch soat keyingi reys bilan Bostonga jo‘natilgan.
Izoh (0)