“Pobeda” aviakompaniyasi o‘zining samolyotlarida mijozlarga saqich chaynashni taqiqladi, deb xabar beradi Meduza.
Loukoster matbuot kotibi Yelena Selivanovaning ma’lum qilishicha, taqiq iyun oyining o‘rtasida joriy qilindi.3-iyul kuni aviakompaniya bosh direktori Andrey Kalmikov saqich kompaniya chiqimlarini oshirib yuborayotganligini ta’kidladi. “Bitta saqichni ko‘chirib olib, qurilmani normal holatga keltirish uchun ba’zan aviakompaniya 100 ming rublgacha sarflashga majbur bo‘lmoqda”, — deydi u.
Izoh (0)