Buyuk Britaniyaning HSBC banki IShID jangarilari tomonidan asirning qatl etilishiga videoparodiyani internetga joylagan olti nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Foreign Policy jurnali xabar bermoqda.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Birmengemda timbilding bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etgan bank xodimlari shunday ko‘rinishdagi rolikni suratga olib, Instagram’ga joylashtirgan. Rolikda ularning to‘q sariq rangli kiyimda cho‘k tushib turgan hamkasbini o‘rab olgani tasvirlangan. Ulardan biri qo‘lidagi kiyim ilgichni pichoqqa o‘xshatib ushlab ham olgan.
HSBC vakillari ushbu videoni “jirkanch” deb atagan va kompaniya nomidan barchadan kechirim so‘ragan. Ularda ishtirok etgan yuridik bo‘lim xodimlarining barchasi ishdan bo‘shatilgan.
Izoh (0)