O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 6-maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan Tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar (omonatlar) foiz stavkalarini belgilash mexanizmini ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Norma.uz”.
Unga binoan, banklar Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini va keyingi yillardagi inflyatsiya darajasini inobatga olib, jalb qilingan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydi. Nizom qabul qilinguncha jalb etilgan depozitlar uchun foizlar o‘zgarishsiz qoladi.
Nizom talablari yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari (omonatlari) ga amal qiladi. Qaror O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘plamida rasman e’lon qilingan sana — 2015-yil 6-iyuldan boshlab uch oy o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
Izoh (0)