Ikuo Xirayama nomidagi xalqaro madaniyat karvonsaroyida 6-iyul, dushanba kuni yosh rassom, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti magistranti Sevara Qosimovaning mahorat mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Tadbirda Sevara ko‘proq nimalarni chizishni yoqtirishini va qaysi jihatlarga alohida e’tibor qaratishi haqida so‘zlab, ko‘rsatib berdi. Mashg‘ulotlar davomida Sirdaryo tabiatini tasvirlagan yosh rassom shu yo‘l bilan o‘z iqtidori va mahoratini namoyish etdi.
Eslatib o‘tamiz, 25-iyun — 6-iyul kunlari davomida Sevara Qosimovaning “Ijodiy parvoz” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgandi. Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlangan mazkur tadbir davomida rassomning portret, peyzaj va natyurmort janridagi 60dan ortiq suratlari namoyish etilgandi.
Izoh (0)