Xiva aloqa muzeyi zamonaviy tarzda rekonstruksiya qilinib, ishga tushirildi. Bu yerda mukammal ta’mirlash, muzey dizayni va mavjud eksponatlarni joylashtirish hamda qayta jihozlash ishlari amalga oshirildi, deb xabar beradi O‘zA.
Muzeyda turli davrlarga taalluqli 340 dan ortiq aloqa vositasi, mingga yaqin eksponat va fotosurat, 430 dan ziyod konvert va markalar saqlanmoqda. Jumladan, 1949-yilda ishlab chiqarilgan televizion qurilma O‘zbekistonda ixtiro qilingan dunyodagi ilk televizor nusxasi asosida yaratilgan.
Bu yerda aloqa sohasining rivojlanish davrlari, tarmoqdagi o‘zgarish hamda yangilanishlar xususida keng tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, zamonaviy kommunikatsiya vositalari yordamida shu yerning o‘zida 3D o‘lchamda O‘zbekistondagi aloqa muzeylari faoliyati, ulardagi ko‘rgazmalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)