Germaniyalik harbiylar 2015-yilning yozida Ukrainada AQSh qo‘mondonligi ostida bo‘lib o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi, deb xabar beradi Meduza.
Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, harbiy xizmatchilar quruqlikdagi kuchlarning Rapid Trident mashqlarida va Sea Breeze harbiy-dengiz mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
Shu yili Ukrainaning g‘arbida, Lvovdan 50 kilometr masofada bo‘lib o‘tadigan Rapid Trident mashg‘ulotlarida 18 ta davlatdan 1800 nafar askar qatnashadi. 20-iyul kuni ushbu o‘quv mashqlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi va u 11 kun davom etadi.
Izoh (0)