Tunis hukumati 26-iyun kuni terakt sodir etilgan Sus viloyati rahbarini iste‘foga chiqarib, uning o‘rniga Fathi Bdirani tayinladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq, Tunis prezidenti Beji Kaid as Sabsi mamlakatda 30 kun davomida favqulodda holat amalda bo‘lishini va bu muddat uzaytirilishi mukmkinligini ma’lum qilgan edi.
Favqulodda holat 26-iyun kuni Sus shahrida sodir etilgan Tunis tarixidagi eng yirik terakt tufayli joriy etildi. 23 yoshli terrorchi mehmonxonalardan biriga kirib olib, avtomat yordamida sayyohlarga o‘q uza boshlagan. Natjada 38 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohat olgan edi.
Izoh (0)