“Pobeda” aviakompaniyasi bosh direktori Andrey Kalmikov yo‘lovchilar yarim yil ichida umumiy qiymati 100 ming dollarga teng samolyot buyumlarini o‘g‘irlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlardan turli xildagi buyumlar olib ketiladi va bu kompaniyaga juda katta zarar keltirmoqda. Bundan tashqari, yo‘lovchilar o‘rindiqlarni sindirib, hojatxonaga saqich yopishtiradi.
“Pobeda” aviakompaniyasi samolyotlari bortidagi o‘g‘rilik holatlari tufayli buyumlarga joylashtirish mumkin bo‘lgan belgilarni sotib olishga tender e’lon qilingan.
Izoh (0)