Sayrga chiqmoqchi bo‘lgan erining ko‘ylagini dazmollashdan bosh tortgan meksikalik ayol qamoqqa olindi, deb xabar beradi The Daily Star.
21 yoshli Dulse Garsiyaning turmush o‘rtog‘i Edgar Alvarado xotinining ustidan politsiyaga shikoyat qildi. Yosh ayol ichki ishlar bo‘linmasiga keltirildi. Politsiya uni uy ishlariga nisbatan beparvolikda aybladi va unga nisbatan 465 peso (31 dollar) jarima qo‘lladi. Puli bo‘lmaganligi uchun Garsiya jarimani to‘lay olmagan, shu sababdan uni 12 soatga qamab qo‘yishgan.
Garsiyaning so‘zlariga qaraganda, u eri do‘stlari bilan emas, ayol kishi bilan sayrga chiqmoqchi deb shubhalangani uchun uning ko‘ylagini dazmollashni istamagan.
Politsiyaning shubhali harakatlari tufayli ushbu voqea OAVlar e’tiborini tortdi va ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilindi.
Izoh (0)