“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 3 nafar xonandaning litsenziyasini to‘xtatdi va 11 nafar xonandaga ogohlantirish berdi. Ular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar va “Nihol” mukofoti sovrindorlari ham bor. Bu haqda birlashmaning matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalar Sabirov Anvar Karimovich, Raxmatova Esmeralda Najmiddinovna (Tamila) va Umarova Kamila Raxmatulloyevna (Yagona)lar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli, xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015-yil 1-iyuldan to‘xtatilganligini va quyidagi xonandalarga ogohlantirish berilganligini ma’lum qildi.
Ogohlantirilayotgan estrada xonandalarining ro‘yxati:
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlarMuminov Sabirjan AdiljanovichParmanov Ilxamjon ShomamatovichIsmiyaminova Dilnoza Mirzatillayevna
“Nihol” mukofoti sovrindorlariMirzajonov Yodgorbek UsmonaliyevichOtaboyeva Shaxnoza XasanovnaUbaydullayev Doston RustamovichOrtiqov Sherzodbek Sherbutayevich
XonandalarUsmanov Masrurjon MarubdjanovichUmirov Jasurbek UvaydilloyevichXamidova Xilola DjurayevnaShamsiyev Umar Axmedjonovich
Izoh (0)