Amerikalik mashhur aktyor Robin Uilyamsga qo‘yilgan Parkinson xastaligi tashxisi shifokorning xatosi bo‘lib chiqdi. O‘z joniga qasd qilgan aktyor tanasini ochib o‘rganish natijalari jamoatchilikka endi ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Uilyams og‘ir xastalikka chalingani ma’lum qilinganidan bir necha oy o‘tib, aktyor o‘z joniga qasd qilgandi. Komediya filmlardagi ajoyib rollari bilan tanilgan aktyor 2014-yil 11-avgust kuni Kaliforniyadagi uyida o‘zini osib qo‘ygandi.
“Radar onlayn” nashri axborotiga ko‘ra, tanani ochib o‘rganish natijalari 63 yoshli Uilyamsning Parkinson xastaligi emas, balki boshqa kasallikdan aziyat chekkanini ko‘rsatgan. “Bunda gap boshqa kasallik – qarigan chog‘dagi aqli zaiflikning bir turi haqida bormoqda”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Robin Uilyamsning o‘limidan bir necha kun o‘tib uning turmush o‘rtog‘i Syuzan Shnayder marhum aktyor o‘zidan Parkinson xastaligi belgilari topilganidan juda siqilganini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)