AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton o‘zining saylovoldi kampaniyasi ehtiyojlari uchun 45 million dollarga yaqin xayriya to‘pladi. Bu haqda “TASS” uning rasmiy vakillari ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Mablag‘larni to‘plash aprel oyining o‘rtalarida boshlangan edi. Xayriya pullarining 91 foizi 100 dollarlik o‘tkazmalar orqali tushgan.
Manbalarda yozilishicha, hozircha saylovoldi poygasida qatnashayotgan hech bir siyosatchi shuncha miqdordagi xayriya pullarini to‘play olmagan.
Izoh (0)