“Yevroxim” xo‘jayinlaridan biri, Forbes talqini bo‘yicha Rossiyaning eng boy kishilari reytingida 13-o‘rinda turivchi Andrey Melnichenko Germaniyaning Nebiskrug kemasozlik kompaniyasiga dunyodagi eng katta yaxtani qurishga buyurtma berdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
White Pearl (Oq gavhar) nomini olgan yaxtaning uzunligi 147 metrni tashkil etadi, uch qavatli ichki “hovli”ga va katta basseynga ega bo‘ladi. Yaxtada yengillashtirilgan yuqori darajadagi mustahkam uglerod tolasidan ishlangan uchta machta bo‘ladi.
Yaxta ekipaji 66 kishini tashkil etadi. CNBC telekanali xabariga ko‘ra, yaxta 2016-yil iyul oyida tayyor bo‘ladi. Kema qiymati ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)